12/04/2023

    2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan. Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan. Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.

 

Axborot xizmati