2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatga qiymati 42 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 9 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan. 2023- yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 19,8 mln
Qirgʻiz R. – 12 mln
Italiya – 4,2 mln
Belarus R. – 1,7 mln
Ozarbayjon – 1,3 mln AQSH dollari
2023-yilning ikki oyida trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 16,6 mln
Toshkent viloyati – 8,1 mln
Andijon viloyati – 6,3 mln
Buxoro viloyati – 3,8 mln AQSH dollari
Axborot xizmati