19/04/2023

    Joriy yilning 19-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Xo‘jayli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bosh mutaxassisi J. Saparov bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlama kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

 

Axborot xizmati