Joriy yilning 20-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova hamda yetakchi mutaxassisi T.Prenovlar tomonidan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘ining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushintirishlar berildi.
Tadbir davomida, davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin ekanligi, biroq respublikadagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas ekanligi, ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi, shuning bilan birga, ikkinchi mavzuga oid 2023-yil 1-maydan boshlab, huquqbuzar jarima solingan vaqtdan e’tiboran 15 kun ichida jarimaning 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi haqida, agar huquqbuzar bir oylik muddatni o‘tkazib yuborsa jarimaning to‘liq midorini to‘lashi shart bo‘lishi, mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilishi to‘g‘risida belgilanganligi tushuntirildi.
Axborot xizmati