Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpoq‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 3804,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 86,7 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 3239,9 mlrd. so‘m jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi esa 85,2 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati