2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 16,4 ming tonna go‘sht yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan 3,0 % ga ko‘p. Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Axborot xizmati