28/04/2023

    2023- yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 98,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 80,5 mlrd.so‘m, qo‘y va echkilar – 15,3 mlrd. so‘mni, otlar – 2,1 mlrd. so‘mni, parrandalar – 0,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

 

Axborot xizmati