02/05/2023

    2023- yilning yanvar- mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 11,2 % chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 80,2 % ining otasi 25-39 yoshlarga hamda 8,6 % chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 29,1 % chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 68,6 % ining onasi 25-39 yoshlarga hamda 2,3 % chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan

 

Axborot xizmati