2023- yilning 10- may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari K.Omarov Qorao‘zak tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mambetov bilan birgalikda tumanda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati oʻrganildi va kelgusida kuzatuv jarayonlarni sifatli oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati