24/05/2023

    2023-yilning yanvar-mart oylari natijalariga asosan, Nukus shahri boʻyicha jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1085,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, shulardan 51,6 % ulushi moliyaviy (405,5 mlrd. soʻm yoki 37,4 %) hamda savdo (155,0 mlrd. soʻm yoki 14,3 %) xizmatlari hissasiga toʻgʻri keladi. 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan Nukus shahri boʻyicha jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 105,1 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati