2023-yilning yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 31 920,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori yaʼni, 24,0 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 118,4 % darajasida qayd etildi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 54,5 foizni yoki 17 384,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan Buxoro viloyatida yuqori oʻsish surʼati 132,2 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati