Joriy yilning 16- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, hamda Xo'jayli tuman statistikasi yetakchi mutaxassis I. Ibragimov bilan birgalikda Xo'jayli tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi. So‘rovnoma asosida yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlardan olingan ishlab chiqarilgan barcha sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat xarakteridagi xizmatlar)ning miqdori va qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati