20/06/2023

    Joriy yilning 20- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi sanoat bo'lim boshlig'i M.Kurbanova, Taxtako‘pir tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo’limi  yetakchi mutaxassis M. Awezov  bilan birgalikda Taxtako‘pir tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

    So‘rovnoma asosida  yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlardan olingan ishlab chiqarilgan barcha sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat xarakteridagi xizmatlar)ning miqdori va qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.

Axborot xizmati