Joriy yilning 20- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig’i T.Ganiev, Nukus tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo’limi bosh mutaxassis J. Xalmuratov bilan birgalikda Nukus tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
So‘rovnoma asosida yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlardan olingan ishlab chiqarilgan barcha sanoat mahsulotlari (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, sanoat xarakteridagi xizmatlar)ning miqdori va qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati