Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarga to‘xtaldi.
Iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda. Ertangi kelajagimiz bo‘lmish yoshlar kelgusida ana shu ulug‘vor g‘oya hamda bunyodkorliklarni munosib davomchilaridir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ilm mash’alasi IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan olgan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi Yangi O‘zbekistonimizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda barcha fuqarolarimiz fidoiylik ko‘rsatishi kerakligini yana bir bor yig‘ilish qatnashchilariga ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir savol-javob koʻrinishida davom etdi.
Axborot xizmati