07/07/2023

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,5 % ni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 0,8 % punktga kamaygan. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 8,2 % punktga ko‘payib, 65,4% ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 7,4 % punktga kamayib, 32,1 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati