2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1226,1 ming taga yetdi. Bu ko‘rsantkich 2022- yilning 1- iyul holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni –32,9 ming taga (2,8 %) ko‘paydi. 2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 83,6 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Axborot xizmati