2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4,7 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 2,7 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 58,0 %ni tashkil etdi. Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 1,7 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 36,3 %) hamda boshqa xarajatlar 0,3 trln. soʻmni (5,7 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati