17/08/2023

    Joriy yilning 17-avgust kuni Xo‘jayli tumani statistika bo‘limida huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi  2023-yil 8-avgust kungi O‘RQ-860-sonli Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi  2021-yil 11- avgust kungi OʻRQ-707-sonli Qonuni haqida tushuntirib o‘tildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati