Joriy yilning 23-avgust kuni Nukus tumani statistika bo‘limida huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasining 2023- yil 18- avgust kungi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-863-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari haqida tushuntirib o‘tildi. O‘quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati