Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar (dehqon va fermer xo'jaliklarsiz) soni 4 699 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,2 foizni tashkil etdi.
So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 2 254 ta
2020-yilda – 2 705 ta
2021-yilda – 3 414 ta
2022-yilda – 3 636 ta
2023-yilda – 4 699 ta
Axborot xizmati