29/09/2023

    Joriy yilning 29-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-868-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirishlar berip o‘tildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

 

Axborot xizmati