2023-yil 1- oktabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 31 909 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 733 taga oshib, o‘sish sur’ati 117,4 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2019-yil – 18 504 ta
2020-yil – 21 382 ta
2021-yil – 25 262 ta
2022-yil – 27 176 ta
2023-yil – 31 909 ta
Axborot xizmati