2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 81,6 ming tonna go‘sht yetishtirildi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar-sentabriga nisbatan 2,0 % ga ko‘p. Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,5 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.
Axborot xizmati