08/11/2023

    Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari X. Axmedov Xo‘jayli va Nukus tumanlarida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, Xo‘jayli va Nukus tumanlari intervyuyerlari tomonidan o‘tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.

 

Axborot xizmati