13/11/2023

    Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11-sentabrda imzolangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlamini kengaytirish barobarida yangidan-yangi tashabbuslarga zamin yaratmoqda.

Joriy yilning 13-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida “O‘zbekiston – 2030” strаtegiyasi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika bo‘limi xodimlari masofaviy videoaloqa orqali qatnashdi.

Tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vazirligining mutaxassisi N. Berdiniyazova taklif etildi.

Dastlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i oʻrinbosari Omarov Kamalatdin Tajibaevich “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng, “Adliya Vazirligining mutaxassisi N. Berdiniyazova “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-300-sonli Qarorining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida tushuntirildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti A. Masheripova tomonidan strategiyada 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad o‘rin olganligi, unga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatimiz suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash uning asosiy g‘oyalari ekanligi taʼkidlandi.

Shuning bilan birga, mazkur strategiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi farovonligiga erishish ekanligi haqida aytib o‘tildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati