2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 6 797,9 ming tonnani tashkil etdi. Ulardan 5 460,3 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 80,3 %), avtomobil transporti orqali esa 1 337,6 ming tonna yuk tashilgan (jamiga nisbatan 19,7 %).
Axborot xizmati