Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki missiyasi bilan “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari hamda Jahon banki missiyasi vakillari – Saymon Uillis va Aleksandr Samborskiy ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida kelgusida amalaga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohaza almashildi.
Shuningdek, loyihani amalga oshirishda ilg‘or tajribalardan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Axborot xizmati