23/11/2023

    Joriy yilning 22-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari S.Bekmuratov va Qorao'zak tumani statistikasi bo‘limi  yetakchi mutaxassisi Aytjanov Kuatbay tomonidan Qorao'zak tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi va kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.


Axborot xizmati