Joriy yilning 23-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari S.Bekmuratov va Taxtako'pir tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Auezov Marat tomonidan Taxtako'pir tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi va kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati