Joriy yilning 24-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari S.Bekmuratov va Chimboy tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Saparbaev Omirbay tomonidan Chimboy tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi va kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati