Joriy yilning 24-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig‘i B. Tajibekov va Beruniy tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sultanov tomonidan Beruniy tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi va kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati