Joriy yilning 27-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, Nukus shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi А. Fazilova tomonidan Nukus shahrida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.
Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Axborot xizmati