28/11/2023

     Joriy yilning 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o'rinbosari А.Mambetova va Shumanay tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bekimbetov Farxat tomonidan Shumanay tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo‘lovchi sig‘imi, bir kunda o‘rtacha tashilgan yo‘lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo‘lovchilarni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Axborot xizmati