Joriy yilning 30-noyabr – 1-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari yosh mutaxassislari uchun madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Dastlab ishtirokchilar, Statistika agentligida tashkil etilgan muzeyga ekskursiya qilishdi.
Shuningdek, yosh xodimlar Statistika agentligi boshqarmalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, yosh mutaxassislar o‘rtasida “StatQuiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirning ikkinchi kunida Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich ishtirokchilar bilan “Soha rahbari va yosh mutaxassislar uchrashuvi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida “StatQuiz” intellektual o‘yini g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.
Axborot xizmati