Joriy yilning 24-noyabr kuni Nukus shahar "Jayxun" mahalla fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Masheripova hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasi Bosh yuriskonsulti U.Raxmanovalar tomonidan seminar tashkil qilindi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida xususan, inson huquqlariga oid eng muhim kafolatlari haqida, inson huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻlishi, insonning shaʼni va qadr-qimmatining daxlsizligi, hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas ekanligi, har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga ega ekanligi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuning bilan birga, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida”gi Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirildi.
O'quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.
Axborot xizmati