07/12/2023

    Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ekspertlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida statistika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, iqlim o‘zgarishi sohasida Koreya Respublikasi bilan hamkorlik (2025–2029-yillar) masalalarida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda issiqxona gazlari chiqindilari bilan bog'liq bo‘lgan ma'lumotlarni o'lchash, monitoring qilish va tekshirish jarayoni bo'yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashildi. Bu borada Statistika agentligi tomonidan qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Axborot xizmati