07/12/2023

    2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, joriy yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib ва uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.

Axborot xizmati