07/12/2023

    Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan respublikada yirik elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Joriy yilning 7-dekabr kuni boshqarma yosh xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida “TAXIATOSH ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya jarayonidan fotolavhalar:

 

Axborot xizmati