Joriy yilning 7-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyani o‘rganamiz” mavzusida hamda “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mutaxassisi R.Igamberdiev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassisi M.Xojahmetovalar taklif etildi.
Dastlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i oʻrinbosari Omarov Kamalatdin Tajibaevich tadbirni ochib berib, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.
Tadbirda Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanligi haqida tushuntirildi.
Shuning bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilinishi hamda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlari, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarining muqarrarligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Axborot xizmati