22/12/2023

    2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, joriy yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida mutaxassislar uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Activity Model for Statistical Organisations (GAMSO) – Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

Jumladan, “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modeli” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Axborot xizmati