Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda eng so‘nggi chet el texnologiyalarida sutni qаytа ishlаb chiqaruvchi sanoat korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Joriy yilning 22-dekabr kuni boshqarma yosh xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “NUKUS DILISHA” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot xizmati