29/12/2023

    Joriy yilning 29-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

    Tadbirda dastlab, boshqarma boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich so‘zga chiqib barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladi. Yil davomida statistika tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

    Shundan soʻng, yil davomida faol boʻlgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika agentligi direktori B. Begalov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati tomonidan imzolangan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.

    Tadbir soʻnggida taqdirlanganlar soʻzga chiqib, eʼtibor va eʼtirof uchun katta tashakkur bildirishdi, bu eʻtirof ularni yanada gʻayrat va shijoat bilan ishlashga koʻmak berishini aytib oʻtishdi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining ahil jamoasi va qolaversa, barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!

 

    Yangi yil barchaga yangi omadlar, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Axborot xizmati