Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda qurilish metаll konstruktsiyalаri vа buyumlаri ishlаb chiqаrish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi. Joriy yilning 12-yanvar kuni boshqarma yosh xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida "KARDAR ISHLAB CHIQARISH MOXSULOTLARI" mas'uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot xizmati