12/01/2024

    Joriy yilning 12-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma'muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 28-dekabr kungi 688-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 4-yanvar kungi 4-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida tushuntirishlar berip o‘tildi.

    Seminar so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.

Axborot xizmati