Joriy yilning 18-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respubliksi statistika boshqarmasida Nukus shahridagi korxona va tashkilotlarning rahbar va hisobchilariga 1-mehnat shakli (yillik) statistik hisobotini muddatida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agnetligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich tomonidan 1-mehnat shakli (yillik) hisobotining mazmuni, ahamiyati va qanday tarzda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va o‘z takliflarini bildirishdi.
Axborot xizamti