Joriy yilning 16-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida “Davlat tili to‘g‘risida” navbatdagi huquqiy targ‘ibot seminari tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi 167-I-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari mazmun mohiyati tushintirildi.
Shuningdek, boshqarmaning barcha turdagi buyruq, qaror hamda xatlari va boshqa hujjatlarni tayyorlash jarayonida davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish,ushbu masalalarning nazorati bo‘yicha boshqarmadan biriktirilgan xodimning vazifalari alohida tushuntirildi. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘llanmalardan foydalanishga doir ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Amaliy ahamiyatga ega bo’lgan mazkur tadbirda davlat tilida ish yuritilishi qoidalari bo`yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati