08/02/2024

    Joriy yilning 7-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Shumanay tumani statistika bo‘limi xodimlariga seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda 2022-yil 11-may kungi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu  sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-240-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuning bilan birga, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini  ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi, keyingi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shuning bilan birga, 1-KB (yillik) “Mikro firma va kichik korxonalar” hamda 1-FX (yillik) “Fermer xo‘jaliklari” faoliyati to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovora qilish, ularni asossiz davlat statistika idoralariga taklif qilish, asossiz to‘lovlar o‘ndirish, o‘zaro munosabatlarda ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘yish O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikga tortilishiga sabab bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Axborot xizmati