06/03/2024

    Joriy yilning 6-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-jıl 4-mart kungi PQ-114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi to‘g‘risidagi nizom, Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”  to‘g‘risida tushuntirildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati