2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 352,9 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 103,1 % ni tashkil etdi. Sigirlar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 321,1 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.
Axborot xizmati